“BAYROG‘IM — MENING FAXRIM!”

Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘iga bag‘ishlangan “Bayrog‘im — mening faxrim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishining 302-guruh hamda Fundamental tibbiyot yo‘nalishining 203-B guruh talabalari faol ishtirok etib, o‘zlarining sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlari va ijodiy chiqishlari orqali Vatanga bo‘lgan muhabbat, milliy g‘urur va sadoqat tuyg‘ularini namoyon etdilar.
Tadbir davomida Davlat bayrog‘imizning muqaddasligi, uning xalqimizning orzu-umidlari, tinchligi, birlik va mustaqillik ramzi ekanligi yana bir bor e’tirof etildi.
Bayrog‘imiz — g‘ururimiz, Vatanimiz — faxrimiz!
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment