# BAYROĞIMIZ — MILLIY ĞURUR VA VATANGA SADOQAT TIMSOLI

# BAYROĞIMIZ — MILLIY ĞURUR VA VATANGA SADOQAT TIMSOLIÖzbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Toşkent davlat tibbiyot universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Universitetning Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi professor-öqituvçilari hamda Stomatologiya fakultetining 2-kurs talabalari iştirokida ötkazilgan tadbir milliy qadriyatlarimiz, davlat ramzlariga hurmat va Vatanga sadoqat ğoyalariga bağişlandi.
Tadbirni kafedra mudiri, professor F.I. Salomova hamda ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mas’ul, dotsent L.K. Abdukadirova oçib berib, Davlat bayroğimizning tarixiy ahamiyati, milliy davlatchiligimizdagi örni va ma’naviy mohiyati haqida söz yuritdilar.
Dotsent N.O. Axmadalieva rahbarligida talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy-ma’rifiy çiqişlarda Vatanga muhabbat, milliy iftixor va mustaqillikni qadrlash tuyğulari öz ifodasini topdi.
Bayroq şa’nini uluğlaş — Vatan oldidagi öz mas’uliyatini anglaş, puxta bilim egallaş, kasbiy kamolot sari intiliş va yurt ravnaqiga munosib hissa qoşiş demakdir.
Bunday tadbirlar bölajak şifokorlarning nafaqat kasbiy, balki ma’naviy kamolotida, ularning vatanparvarlik va milliy daxldorlik tuyğularini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Muqaddas bayroğimiz — ilm-fan, tinçlik va taraqqiyot yölida hamışa yuksak hilpirasin!

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment