



18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun!
Toşkent davlat Tibbiyot Universiteti 2-son akademik litseyida 18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan yuksak ma’naviy-ma’rifiy mazmun va kötarinki ruhda tantanali tadbir taşkil etildi.
Tadbirni akademik litseyning tarix fani öqituvchisi Abdusodiqov Ma’rufjon olib bordilar. Ular tadbir davomida Davlat bayroğimizning yaratilish tarixi, undagi ranglar va ramzlarning mazmun-mohiyati, şuningdek, uning mustaqil Özbekiston davlatchiligi va milliy özligimizni namoyon etishdagi beqiyos ahamiyati haqida atroflicha töxtalib ötdilar.
Tadbir doirasida Toşkent davlat tibbiyot universiteti vakillari — Ahmedova M. A., Jabbarova Yu. J., Alimova M. M., Usta-Azizova D. A., Mirzayeva N. A., Ğafurova N. M. va Ziyadullayeva F. J. akademik litseyga taşrif buyurib, mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda iştirok etdilar.
Taşrif davomida Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti Ahmedova Muborak Ahmedovna sözga chiqib, Davlat bayroğining xalqimiz hayotidagi tarixiy va ma’naviy örni, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy ğurur va fuqarolik mas’uliyatini şakllantirishdagi ahamiyati yuzasidan mazmunli fikrlarini bildirdilar.
Bayroq — bu şunchaki davlat ramzi emas, balki xalqning tarixiy xotirasi, milliy özligi, ozodlikka intilishi va buyuk kelajakka bölgan işonchining mujassam ifodasidir.
Zero, davlat ramzlariga hurmat — Vatanga hurmat, uning tarixiga ehtirom va kelajagiga sadoqat demakdir!
MUSTAQILLIK RAMZIMIZ — BAYROĞIMIZ DOIMO BALAND BÖLSIN!
Rasmiy sahifalarimiz!