BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda davlat va jamoat arboblari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Davlat bayrog‘ining xalqimiz hayotidagi o‘rni, milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash va yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat hissini yuksaltirish borasidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Mehmonlarning mazmunli chiqishlari, samimiy muloqotlar hamda talabalar tomonidan taqdim etilgan kuy-qo‘shiqlar va milliy raqslar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Zero, bayroq — shunchaki davlat ramzi emas, balki xalqimizning g‘ururi, sha’ni, tarixi va mustaqilligining yorqin timsolidir!#BirVatanBirElBirBayroq#DavlatBayrog‘i35Yilligi #TDTU#VatanRamzi

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment