
Bayroğimiz — faxrimiz, Vatanimiz — ğururimiz!Davlat bayroğimiz hamişa baland hilpirasin! Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinç, mustaqilligimiz abadiy bölsin!
Har bir xalqning özligi, şa’ni, ğururi va orzu-intilişlarini özida mujassam etgan muqaddas ramzlari bor. Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği ham xalqimizning ozodligi, mustaqilligi, tinçligi va buyuk kelajakka bölgan işonçining yorqin ifodasidir.
Davlat bayroğimiz qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Toşkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakultetining talabalari tomonidan mazmunli va ta’sirçan videorolik tayyorlandi.
Videorolikda yoşlarning Vatanga bölgan mehr-muhabbati, milliy qadriyatlarga hurmati, ona yurt bilan faxrlaniş tuyğusi hamda mamlakatimiz kelajagi uçun munosib hissa qöşişga bölgan intilişlari öz ifodasini topgan.
Zero, davlat ramzlarini e’zozlaş — Vatanga bölgan hurmatning yorqin namunasidir. Bayroğimizga bölgan ehtirom qalbimizdagi milliy ğurur, vatanparvarlik va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğulari bilan çambarças boğliqdir.
Bugungi bilimga çanqoq, intiluvçan va taşabbuskor yoşlar ertangi kun bunyodkorlaridir. Ularning qalbida Vatanga sadoqat, milliy ğurur va yuksak mas’uliyat tuyğularini şakllantiriş har birimizning muhim vazifamizdir.
Rasmiy sahifalarimiz!