



#sayyor_qabulPediatriya kampusidan maxsus reportaj.
Bugun uçta yirik tibbiy ta’lim muassasasining birlaşuvi natijasida Toşkent davlat tibbiyot universitetining geografiyasi, ilmiy-pedagogik jamoasi va talabalar kontingenti kengaydi. Tabiiyki, bunday kölamdagi özgarişlar boşqaruv tizimidan ham yangiça yondaşuvni, jamoa bilan muntazam muloqot olib borişni talab etadi.
Bu borada sayyor qabullar muammolarni bevosita joyida örganişning samarali vositasiga aylanmoqda.
— Rahbar jamoaga qançalik yaqin bölsa, taraqqiyot uçun imkoniyatlar şunçalik kengayadi, — deydi Tibbiy pedagogika va davolaş fakulteti dekan örinbosari, dotsent Asomiddin Qurbonquloviç Xudoyberdiyev. — Bugungi sayyor qabulda talabalar, professor-öqituvçilar va xodimlar tomonidan kötarilgan masalalar atrofliça örganildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan joyida yeçim topildi, vaqt va mablağ talab etadigan masalalar böyiça tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Bunday qabullarni mamlakatimizda amalga oşirilayotgan inson qadrini yuksaltiriş siyosatining amaliy namunasi sifatida baholayman. Universitetimiz jamoasi kengaygan bugungi şaroitda insonlar bilan yuzma-yuz muloqot qiliş, ularning muammolarini tinglaş nihoyatda muhim. Albatta, birgina sayyor qabul bilan barça masalalarni hal etib bölmaydi. Bu uçraşuvlar davomiy bölişi, ularga jamoamizning yanada keng qatlamlari jalb etilişi zarur.
Sayyor qabulda talabalar turar joylaridagi mavjud şaroitlarni yanada yaxşilaş, maişiy xizmatlar sifatini oşiriş, sport, kitobxonlik va intellektual maşğulotlar uçun qulay imkoniyatlar yaratiş masalalari ham kötarildi.
Muhimi, talabalar bu jarayonda faqat murojaatçi emas, balki universitet hayotiga daxldor, uning taraqqiyotiga hissa qoşiş istagidagi faol yoşlar sifatida namoyon böldilar.
— Biz ham muammolarning yeçimini şunçaki kutib turmasligimiz kerak, — deydi Pediatriya kampusining 4-bosqiç talabasi, talabalar turar joyida qizlar sardori Oçilova Sabina. — Rektorimizning har birimizni oxirigaça tinglagani, takliflarimizga alohida yondaşgani menda katta taassurot qoldirdi. Endi biz ham bir yoqadan boş çiqarib, kötarilgan masalalarni hal etişda faol iştirok etişimiz kerak.
https://telegra.ph/REKTOR-BILAN-O%C3%87IQ-MULOQOT-MUAMMODAN-YE%C3%87IM-SARI-11-20
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin