








Poytaxtimizda O‘zbekiston allergologlari va klinik immunologlarining VI xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Avstriya, Belarus, Qozog‘iston kabi davlatlardan yetakchi olimlar, allergolog-immunologlar hamda tibbiyot sohasi mutaxassislari ishtirok etyapti.
So‘zga chiqqanlar tomonidan qayd etilganidek, Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘z faoliyatini xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirishga erishdi. Ya’ni o‘tgan yili muassasaga ISO 7101:2023 xalqaro sifat sertifikati topshirildi. Bu yerda 1,5 million AQSH dollari qiymatidagi xalqaro grant mablag‘i hisobiga referens-laboratoriya ishga tushirildi.
Anjuman kun tartibidan bronxial astma, allergik rinit, atopik dermatit, dori vositalariga allergik reaksiyalar, immunitet tanqisligi, allergik kasalliklarni molekulyar diagnostika qilish hamda allergen-spetsifik immunoterapiyaning zamonaviy usullariga oid masalalar o‘rin olgan.
Kongress ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi.SSV Matbuot xizmati. Web-siteTelegramFbInstagramLinkedin