
TDTU va Korea University: hamkorlik davom etmoqda, ilğor tibbiy-ilmiy tadqiqot usullari õzlaştirilmoqda
Seul şahridagi Korea University Tibbiyot fakultetida KOICA ning «Õzbekistonda kasallik yukini kamaytiriş bõyiça yuqumli kasalliklarga qarşi kuraş tizimini takomillaştiriş» loyihasi doirasida 1-bosqiç R&D salohiyatini oşiriş treningi davom etmoqda.
Unda Toşkent davlat tibbiyot universiteti Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi professori B.B. Raximov va kafedra assistenti E.Yo. Sultonov iştirok etmoqda.
Treningning maqsadi – yuqumli kasalliklar ustidan epidemiologik nazorat tizimi bõyiça ilmiy tadqiqot olib boriş salohiyatini kuçaytiriş hamda õquv natijalarini amaliy tadqiqotlar va xalqaro ilmiy maqolalarga aylantiriş.
Maşğulotlarni Korea University’ning yetakçi olimlari olib bormoqda: professor Choi Jae Wook – Atrof-muhit tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti direktori;
professor Chun Byung Chul – Profilaktik tibbiyot kafedrasi, Epidemiologiya va soğliqni saqlaş informatikasi kafedrasi;
professor Yoon Young Kyung – Yuqumli kasalliklar bõyiça ilmiy-tadqiqot va işlanmalar markazi direktori.
Dastur doirasida: ilmiy maqola yoziş metodikasi bõyiça maʼruzalar;
sunʼiy intellekt yordamida maʼlumotlarni tahlil qiliş bõyiça amaliy maşğulotlar;
PubMed bazasida qidiruv va ilmiy maqolalarni tanqidiy tahlil qiliş;
Korea University Vaksinalar innovatsiyasi markazi hamda Seul şahri Soğliqni saqlaş va atrof-muhit ilmiy-tadqiqot institutiga taşriflar;
har bir iştirokçining õz tadqiqoti bõyiça tahlil natijalari taqdimoti va muhokamasi.
Trening yakunida iştirokçilar õz tadqiqot natijalarini taqdim etadi va maqolaning dastlabki loyihasini tayyorlaydi. 27-noyabr kuni ular xalqaro soğliqni saqlaş konferensiyasida ham qatnaşadi.
Orttirilgan bilim va tajriba universitetimizda ilmiy tadqiqotlar sifatini oşiriş hamda xalqaro nufuzli jurnallarda maqolalar çop etişga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin