«Yashil bog‘lar» loyihasi doirasida yaqin atrofdagi uylar aholisi, ko‘ngillilar hamda Eco-schools Uzbekistan loyihasining faxriy «Yashil bayroq» sohibi bo‘lgan 21-maktab o‘quvchilari bilan birgalikda

Angren shahridagi «Gulzor» istirohat bog‘iga ko‘chat ekishga chiqdik.
«Gulzor» bog‘i hali o‘z qiyofasini ancha o‘zgartirishi kerak, ammo hozirning o‘zidayoq qilinadigan ishlar bisyor. Birgalikdagi mehnat samarasi o‘laroq, bog‘dagi daraxt va butalar soni 10 193 tupga ko‘paydi: mahobatli chinorlar, xushbichim shumtollar, qudratli emanlar, ko‘rk bag‘ishlovchi zaranglar, quyuq tuya daraxtlari, qayrag‘ochlar, ekzotik Kanada arg‘uvonlari va manzarali pissardi olxo‘rilari shular jumlasidandir. Bu esa «Gulzor» ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan xilma-xillikning bir qismi, xolos.
Ekilgan har bir daraxt yoki buta — shunchaki ko‘kalamzorlashtirishga qo‘shilgan hissa emas. Bu toza havoga, yozgi salqin soyaga va farzandlarimiz bilan birga bo‘y cho‘zadigan go‘zallikka kiritilgan sarmoyadir.
«Yashil bog‘lar» loyihasi shuni yana bir bor isbotlamoqdaki, aholi bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsa, faqat shahar qiyofasigina o‘zgarmaydi. Turmush tarzimiz, dunyoqarashimiz va o‘z uyimiz deb bilgan maskanga munosabatimiz ham o‘zgaradi.
Biz bilan yelkadosh bo‘lgan har bir kishiga va, albatta, bog‘ni o‘z otalig‘iga olgan angrenlik eko-maktab o‘quvchilariga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.
—
В рамках проекта Yashil bog‘lar мы вместе с жителями близлежащих домов, волонтёрами и учениками школы №21 — обладателями почётного «Зелёного флага» проекта Eco-schools Uzbekistan — вышли на посадки в городской парк Gulzor в г. Ангрене.
Парку Gulzor ещё предстоит заметно изменить свой облик, но дел и сейчас много. Благодаря совместной работе в парке стало на 10 193 дерева и кустарника больше: величественные чинары, стройные ясени, могучие дубы, яркие клёны, пушистые туи, вязы, экзотические багряники канадские и декоративные сливы писсарди. И это лишь часть того разнообразия, которое стало частью Gulzor.
Каждое посаженное дерево или кустарник — не просто вклад в озеленение. Это инвестиция в чистый воздух, в летнюю тень и в красоту, которая будет расти вместе с нашими детьми.
Проект «Yashil bog‘lar» в очередной раз доказывает: когда жители действуют сообща, меняется не только облик города. Меняется образ жизни, наше мышление и отношение к месту, которое мы называем домом.
Большое спасибо каждому, кто был с нами, и, конечно же, ангренским экошкольникам, которые взяли на себя «шефство» над парком.
Zamin | Facebook | Instagram | YouTube

Leave a comment