


DAVLAT BAYROĞI — MILLIY ĞURUR VA VATANGA SADOQAT TIMSOLIVatan ramzlariga hurmat — milliy özlikni anglaş, tarixiy xotirani asraş va kelajak oldidagi mas’uliyatni his etişdan başlanadi.
Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Toşkent davlat tibbiyot universitetining 5-talabalar turar joyida «Davlat bayroği — ğururimiz va iftixorimiz ramzi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoşlar qalbida Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga ehtirom, milliy qadriyatlarga sadoqat va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini yanada mustahkamlaşdan iborat böldi.
Uçraşuvda Davlat bayroğimizning mustaqillik, tinçlik, birlik va taraqqiyot timsoli sifatidagi tarixiy hamda ma’naviy ahamiyati haqida fikr yuritildi. Ayniqsa, bugun ilm-fan, sport va innovatsiyalar sohasida yutuqlarga erişayotgan yoşlarimiz xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayroğini yuksaklarga kötarayotgani alohida iftixor bilan e’tirof etildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda 5-talabalar turar joyi tarbiyaçi-pedagogi Hamid Qöşoqov, kutubxonaçi Gulçehra Saidova hamda «Abu Ali ibn Sino izdoşlari» klubi faol kitobxonlari iştirok etdilar.
Tadbirning mantiqiy davomi sifatida «Ogoh böling — odam savdosi!» mavzusida tarbiyaviy suhbat ötkazildi. Unda yoşlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, turli xavf-xatarlardan ogoh böliş va hayotiy qarorlar qabul qilişda mas’uliyatli yond aşişning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Zero, Vatanga muhabbat faqat ramzlarga ehtiromda emas, balki bilimli, ogoh, mas’uliyatli va jamiyatga foydali inson bölib kamol topişda ham namoyon böladi.Bayroğimiz hamışa yuksaklarda hilpirayversin!
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin