ŞE’RIYAT VA ŞIFO TUTАŞGAN DAVRA: ŞOIR MUHAMMAD ISMOIL BILAN MA’NAVIYATGA OŞNO UÇRAŞUV

#jarayonŞE’RIYAT VA ŞIFO TUTАŞGAN DAVRA: ŞOIR MUHAMMAD ISMOIL BILAN MA’NAVIYATGA OŞNO UÇRAŞUVToşkent davlat tibbiyot universiteti talabalar turar joylarida taniqli şoir Muhammad Ismoil bilan ma’naviy-ma’rifiy uçraşuv bölib ötdi.
Inson kamolotida ilm va ma’naviyat bir-birini töldiradigan ikki buyuk qudratdir. Ilm tafakkurni yuksaltirsa, adabiyot qalbni tarbiyalaydi, insonni ezgulikka, mehr-oqibatga va hayotning asl qadriyatlarini anglaşga undaydi.
Ayniqsa, kelajakda inson salomatligi va hayoti uçun mas’uliyatni öz zimmasiga oladigan bölajak şifokorlar tarbiyasida badiiy adabiyotning örni beqiyos. Zero, haqiqiy şifokor nafaqat kasallikni davolay oladigan bilimli mutaxassis, balki bemorning dardini tinglaydigan, uning ruhiy keçinmalarini anglaydigan, mehr va hamdardlikni kasbiy burchi bilan uyğunlaştira oladigan inson ham bölişi zarur.
Ana şu ezgu maqsadlarga xizmat qilgan adabiy uçraşuv samimiy suhbat, şe’riyat va musiqa uygunligida keçdi.
Taniqli şoir Muhammad Ismoil talabalar bilan muloqot davomida öz ijodiy izlanişlari, hayotiy qarashlari, badiiy sözning inson ruhiyatiga ta’siri, kitobxonlik va ma’naviy kamolot masalalari haqida fikr yuritdi.
Şoirning «Boşimdagi tojim — onam», «Oyga osilgan bayroq», «Воспоминание, похожее на белый цветок» kabi kitoblari xususida söz bordi. Ushbu asarlar atrofidagi suhbat ona siymosiga ehtirom, Vatanga muhabbat, insoniy xotira va qalb keçinmalari singari ma’naviy mavzularga e’tiborni qaratdi.
Uçraşuvning eng yorqin lahzalari gulxan atrofida davom etgan adabiy davrada namoyon böldi. Talabalar şe’rlar öqidilar, şoir ijodi asosida yaratilgan qoşiqlarni birgalikda kuyladilar. Badiiy söz va musiqa birlaşgan bu davra yoşlarga öz iste’dodlarini namoyon etiş, ijodkor bilan bevosita fikr almaşiş va adabiyotning hayotiy qudratini his qiliş imkonini berdi.
Bu uçraşuvning ahamiyati faqat şe’r tinglaş yoki ijodkor bilan tanişiş bilangina çegralanmaydi.
Bunday muloqotlar yoşlarni mustaqil fikrlaşga, öz tuyg‘ularini erkin ifodalaşga, milliy adabiy merosimizni qadrlashga, kitobni ma’naviy ehtiyoj darajasiga kötarishga undaydi. Şuningdek, ular talabalar turar joylarida soğlom ma’naviy muhitni mustahkamlaş, yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş va ijodiy qobiliyatlarini röyobga çiqarişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun tibbiy ta’lim oldida turgan dolzarb vazifalardan biri — çuqur kasbiy bilimga ega böliş bilan birga, yuksak axloqiy fazilatlarni özida mujassam etgan mutaxassislarni tarbiyalaşdir. Bu jarayonda ustozlar saboği, kitob mutolaasi, san’at va adabiyot bilan oşnolik alohida örin tutadi.
Çunki şifokorlik kasbining zamirida insonparvarlik mujassam. Bemor bilan muloqotda samimiyat, uning dardiga befarq bölmaslik, ruhiy dalda bera oliş kabi fazilatlar esa bilim bilan bir qatorda ma’naviy tarbiya orqali ham kamol topadi.
Şu ma’noda, şoir va talabalar uçraşuvi ilm bilan adabiyot, tafakkur bilan tuyg‘u, kasbiy mas’uliyat bilan insoniy fazilatlar örtasidagi uzviy boğliqlikni yana bir bor namoyon etdi.Zero, ilm şifokorning aqlini çarxlasa, adabiyot uning qalbini boyitadi. Aql va qalb uyğunligi esa insonparvar tibbiyotning mustahkam ma’naviy poydevoridir.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment