Buyuk Britaniyaning «Chevening» xalqaro stipendiya dasturi uchun tanlov e’lon qilindi

Chevening xalqaro stipendiya dasturi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.

Stipendiyaga nomzodga qo‘yiladigan talablar:
– O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
– Bakalavr darajasini tamomlaganlar;
– Kamida ikki yillik ish tajribasiga egalar;
– O‘qishni tamomlagach, kamida ikki yil davomida O‘zbekistonga qaytib ishlashi;

ARIZA TOPSHIRISH
Arizalar faqat Chevening xalqaro stipendiya dasturining rasmiy onlayn tizimi orqali qabul qilinadi:    https://www.chevening.org/appply/

Batafsil ma’lumot olish uchun:
https://www.chevening.org/scholarships/guidance/
Arizalar 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi.

TANLOV JARAYONI:
1-bosqich – Onlayn ariza
Nomzodlar xalqaro stipendiya dasturining rasmiy tizimi orqali ariza topshiradi va 4 ta esse savoliga ingliz tilida javob beradi.
 
2-bosqich – Arizalarni baholash
Arizalar Chevening talablari asosida baholanadi. Munosib nomzodlar suhbat bosqichiga o‘tadi.
 
3-bosqich – Suhbat
Suhbatga taklif etilgan nomzodlar 2 ta tavsiyanoma va talab etilgan hujjatlarni (pasport va diplom) taqdim etadi. Shundan so‘ng nomzodlar bilan Buyuk Britaniya elchixonasi suhbat o‘tkazadi.
 
4-bosqich – Yakuniy natijalar
Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar belgilangan muddatgacha tanlagan magistratura dasturlarining bittasidan shartsiz qabul xati (Unconditional Offer) taqdim etishi kerak.

Stipendiya nimalarni qoplaydi:
–  Buyuk Britaniya universitetidagi magistratura ta’limi uchun kontrakt to‘lovi;
–  Oylik stipendiya;
–  Buyuk Britaniyaga borish va qaytish uchun aviachipta;
–  Viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar;
–  Kelish va ketish bilan bog‘liq belgilangan to‘lovlar;
– Cheveningning rasmiy tadbirlarida ishtirok etish bilan bog‘liq ayrim yo‘l xarajatlari.

Chevening dasturi haqida:Chevening – Buyuk Britaniya hukumatining nufuzli xalqaro stipendiya dasturi bo‘lib, Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot idorasi (FCDO) hamda hamkor tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment