Ustozlar e’tirofi — biz yoshlar uchun eng katta ilhom manbaidir

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, yoshlarimizning faxriy ustozi Qo‘ng‘irotboy Sharipov Avezimbetovich Bolalar milliy tibbiyot markazi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotini jadallashtirish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish, tibbiyot sohasi uchun raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan tibbiyot markazlari o‘rtasida samarali integratsiyani yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Vazir Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovichning mamlakatimiz tibbiyot sohasida ilmiy faoliyatni rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va ilg‘or yondashuvlarni tatbiq etish yo‘lidagi fidokorona xizmatlari e’tirof etilib, u “Bolalar milliy tibbiyot markazi 5 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Kardiologiya” yo‘nalishi 2-bosqich magistranti, “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti sohibi Quanishbek Yerejepbayev ham ishtirok etib, bu uchrashuvni yoshlar uchun katta faxr va ilhom manbai sifatida e’tirof etdi.

“Ustozlarning e’tirofi — bu faqat mukofot emas, balki biz yoshlar uchun mehnat, fidoyilik va sadoqatning chin timsolidir.
” — deydi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Doktor-reportyor klubi a’zosi Quanishbek Yerejepbayev

Ustozlar e’tirofi — biz yoshlar uchun eng katta ilhom manbaidir Ustozlar e’tirofi — biz yoshlar uchun eng katta ilhom manbaidir

Leave a comment