🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetida KOICA hamda Yonsey universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan xalqaro grant loyihasining chorak hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda
➡️Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetida Koreya Respublikasining KOICA tashkiloti hamda Yonsey universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha doirasida chorak hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
🔹Mazkur konferensiyada loyiha doirasida o‘tgan chorak davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda.
✈️Tadbirda universitet rahbariyati, KOICA tashkiloti hamda Yonsey universiteti vakillari, loyiha ijrochilari, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar ishtirok etmoqda.
🔺Konferensiya davomida ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, xalqaro standartlarni joriy etish, tajriba almashish hamda qo‘shma ilmiy-ta’limiy loyihalarni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
✈️Ushbu hamkorlik loyihasi ikki mamlakat yetakchi oliygohlari o’rtasida ta’lim va ilm-fan sohalaridagi xalqaro aloqalarni mustahkamlash, yosh avlodni zamonaviy tibbiy bilimlar asosida tayyorlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.



