Talabalar o‘rtasida do‘stlik, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kuchli sezildi. Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda quyidagi jamoalar o‘zaro kuch sinashdi:
“Qaldirg‘och”, “Molniya”, “Velora”, “Shifokorlar”, “Birinchilar”, “Efariya”, “Dentc girls”.
Qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin — “Efariya” jamoasi
2-o‘rin — “Velora” jamoasi
3-o‘rin — “Molniya” jamoasi
O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa 10 dan ortiq jamoa o‘zaro bahs olib bordi. Natijalar quyidagicha:
1-o‘rin — “Gamlet” jamoasi
2-o‘rin — “Xalqaro tibbiyot” jamoasi
3-o‘rin — “Lider” jamoasi
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi bu bellashuvlar yoshlarni sog‘lom turmush tarzi, birdamlik va do‘stlik sari chorlayotgan muhim tashabbuslardan biridir.
Barcha jamoalarga kelgusi bosqichda muvaffaqiyat va yangi g‘alabalar tilaymiz! 🇺🇿
Voleybol bo‘yicha mas’ullar:
Z. B. Fayziyev, F. Z. Nurimova







