Tadbirning ochilish marosimida yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi D.N. Kirgizbaev hamda 2-son davolash ishi yo‘nalishi dekani A.A IRNAZAROV so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladilar. Ular yoshlarni sport orqali sog‘lom va faol hayot tarziga intilishga chorladilar.
Olimpiada doirasida quyidagi sport turlari bo‘yicha bellashuvlar boshlandi.
Futbol
Valeybol
Stritbol
Stol tennisi
Yengil atletika
Musobaqalar yuqori sport ruhi, do‘stlik va jamoaviy hamjihatlik muhitida o‘tmoqda.
Fakultetimiz sha’nini himoya qilayotgan aziz talabalarimizga omad tilaymiz







