Toshkent davlat tibbiyot universitetida bugun kuch, tezlik va g‘alaba ruhi hukm surdi! “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — yengil atletika yugurish bellashuvining final bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Maydonda talabalarning irodasi, chidamliligi va jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tdi. Har bir ishtirokchi finish chizig‘iga yetib borish uchun bor kuchini safarbar etdi.
1-o‘rin — I Pediatriya fakulteti “Chakkonlar” jamoasi
Nafasov,Eshonqulov M,Odiljonova Z,G‘ofurjonova X.
2-o‘rin — 1-son Davolash fakulteti “PİK” jamoasi
Nuritdinov A, Dehqonov A, Yuldosheva N, Jalolova M.
3-o‘rin — F.M.T.B.BTM va OMH fakulteti “Menejer”jamoasi
Davronov Sh, Abdurahmonov J, Buysunboyeva F, Mamurova F.
Ushbu final bellashuvi ToshDavTu talabalari uchun nafaqat sport musobaqasi, balki iroda, birlik va g‘alaba timsoliga aylandi.




