Uchrashuv davomida 3 ta partiyaning barchasida ustunlikni qo‘ldan bermagan Toshdavtu voleybolchi qizlari Central Asia universiteti jamoasi ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Maydondagi tezkor harakatlar, aniq uzatmalar va jamoaviy uyg‘unlik o‘yinga yuqori sur’at bag‘ishladi.
Shuningdek, jamoa a’zolari Businboyeva Farangiz, Ibragimova Madina va Norquziyeva Muqaddas hujumchi pozitsiyasida namoyish etgan chiroyli taktika, kuchli va aniqlik bilan yo‘llangan zarbalari orqali raqib himoyasini bir necha bor qiyin ahvolga soldi. Ularning hujum chizig‘idagi faolligi g‘alabaning muhim kalitiga aylandi.
G‘alaba sari dadil odimlayotgan qizlar jamoamizga kelgusi bellashuvlarda ham ulkan omad, mustahkam iroda va yangi zafarlar tilab qolamiz!




