photo_2026-02-23_21-46-44
Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida tashkil etilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti qizlar voleybol jamoasi navbatdagi muhim uchrashuvni o‘tkazdi.

Ushbu o‘yinda jamoamiz Vepster universiteti qizlar jamoasiga qarshi maydonga tushdi va bellashuvni 1:3 hisobida raqib foydasiga yo‘qotdi. O‘yinda Toshdavtu voleybolchilari har bir partiyada kuchli raqobat ko‘rsatib, maydondagi uyg‘unlik va tezkorlik bilan ajralib turdilar. Raqib jamoa esa o‘z tajribasi va taktikasini to‘liq namoyish etib, uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladi. Hujum chizig‘ida faol harakat qilgan Ibragimova Madina o‘yindagi […]

photo_2026-02-23_18-07-39
Oliy ta’lim muassasalari yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘g‘il bolalar voleybol jamoasi O‘zbek voleybol akademiyasi jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi o‘yinni to‘liq nazorat ostiga olib, ishonchli va yuqori saviyada harakat qildi. Uchrashuv yakunida jamoamiz O‘zbek voleybol akademiyasi ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, muhim zafarni qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi Gedala Siravan o‘yinda ko‘rsatgan yuksak mahorati, aniq va samarali harakatlari hamda maydondagi faolligi bilan ajralib turdi. […]

photo_2026-02-16_22-43-49
Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘g‘il bolalar voleybol jamoasi navbatdagi uchrashuvda Alfraganus universiteti voleybol jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida jamoamiz to‘liq ustunlikni qo‘lga kiritib, o‘yinni ishonchli va yuqori saviyada olib bordi. Natijada Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, jamoa bog‘lovchisi A’zamov Asror o‘yinda ko‘rsatgan yuqori mahorati, aniq paslari va maydondagi yetakchiligi bilan ajralib turdi hamda uchrashuvning eng zo‘r o‘yinchisi deb e’tirof etildi. Uning […]

photo_2026-02-16_18-45-40
Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida tashkil etilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti qizlar voleybol jamoasi navbatdagi yorqin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu uchrashuvda jamoamiz Profi universiteti qizlar jamoasiga qarshi maydonga tushib, bellashuvni 3:0 hisobida o‘z foydasiga hal etdi. O‘yin davomida har bir partiyada ustunlikni saqlab qolgan Toshdavtu voleybolchilari yuqori saviyadagi jamoaviy o‘yin namoyish etdilar. Tezkorlik, aniq uzatmalar va maydondagi uyg‘unlik uchrashuvga yuqori sur’at bag‘ishlab, raqib jamoani bosim ostida qoldirdi. Hujum chizig‘ida faol harakat qilgan Businboyeva Farangiz […]

photo_2026-02-09_12-59-34
Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘g‘il bolalar voleybol jamoasi Chirchiq davlat universiteti jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida tashabbus asosan Chirchiq davlat universiteti jamoasi qo‘lida bo‘ldi va ilk uchrashuv jamoamiz uchun omadsiz yakunlandi. Shunga qaramay, yigitlarimiz maydonda oxirigacha kurash olib bordi, tezkor harakatlar va jamoaviy uyg‘unlikni namoyon etdi. Shuningdek, jamoa a’zolari bog‘lovchi A’zamov Asror, diagonal Gedala Sravan hamda temp hujumchi Mirkomilov Ibrohim pozitsiyalarida namoyish etgan chiroyli taktika, kuchli va aniq zarbalari […]

photo_2026-02-09_12-35-19
Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti qizlar voleybol jamoasi yana bir bor o‘zining kuchi va jipsligini namoyon etdi.

Uchrashuv davomida 3 ta partiyaning barchasida ustunlikni qo‘ldan bermagan Toshdavtu voleybolchi qizlari Central Asia universiteti jamoasi ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Maydondagi tezkor harakatlar, aniq uzatmalar va jamoaviy uyg‘unlik o‘yinga yuqori sur’at bag‘ishladi. Shuningdek, jamoa a’zolari Businboyeva Farangiz, Ibragimova Madina va Norquziyeva Muqaddas hujumchi pozitsiyasida namoyish etgan chiroyli taktika, kuchli va aniqlik bilan yo‘llangan    […]