Mazkur musobaqa yuqori saviyada, sport ruhida va do‘stona muhitda tashkil etildi.
Uchrashuv davomida har ikki jamoa a’zolari faol harakatlari, tezkor kombinatsiyalari va aniq zarbalari bilan tomoshabinlarga qiziqarli o‘yin namoyish etdilar.
Maydondagi keskin va murosasiz bahs sport muxlislari uchun yanada zavqli lahzalarni tuhfa etdi.
Ushbu musobaqa Talabalar ligasi doirasidagi bo‘lajak sport bellashuvlariga puxta tayyorgarlik vazifasini o‘tadi. Shu bilan birga, talabalar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qildi.
Mas’ul: MUHAMMADIYEV R.O’.





