British Management University hamda Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida basketbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqa yuqori saviyada, sport ruhida va do‘stona muhitda tashkil etildi. Uchrashuv davomida har ikki jamoa a’zolari faol harakatlari, tezkor kombinatsiyalari va aniq zarbalari bilan tomoshabinlarga qiziqarli o‘yin namoyish etdilar. Maydondagi keskin va murosasiz bahs sport muxlislari uchun yanada zavqli lahzalarni tuhfa etdi. Ushbu musobaqa Talabalar ligasi doirasidagi bo‘lajak sport bellashuvlariga puxta tayyorgarlik vazifasini o‘tadi. […]
