Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida tashkil etilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti qizlar voleybol jamoasi navbatdagi yorqin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu uchrashuvda jamoamiz Profi universiteti qizlar jamoasiga qarshi maydonga tushib, bellashuvni 3:0 hisobida o‘z foydasiga hal etdi. O‘yin davomida har bir partiyada ustunlikni saqlab qolgan Toshdavtu voleybolchilari yuqori saviyadagi jamoaviy o‘yin namoyish etdilar.

Tezkorlik, aniq uzatmalar va maydondagi uyg‘unlik uchrashuvga yuqori sur’at bag‘ishlab, raqib jamoani bosim ostida qoldirdi.

Hujum chizig‘ida faol harakat qilgan Businboyeva Farangiz o‘yindagi samarali zarbalari, kuchli hujumlari va taktika jihatidan puxta o‘yini bilan ajralib turdi hamda bugungi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Ta’kidlash joizki, oldingi o‘yinda Ma’murova Farangiz ushbu faxriy nomga sazovor bo‘lgan edi.
G‘alabalar seriyasi bardavom bo’lsin.

Mas’ul: F.Z. Nurimova

Tags

Leave a comment