Bellashuv davomida jamoamiz to‘liq ustunlikni qo‘lga kiritib, o‘yinni ishonchli va yuqori saviyada olib bordi. Natijada Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ayniqsa, jamoa bog‘lovchisi A’zamov Asror o‘yinda ko‘rsatgan yuqori mahorati, aniq paslari va maydondagi yetakchiligi bilan ajralib turdi hamda uchrashuvning eng zo‘r o‘yinchisi deb e’tirof etildi. Uning samarali harakatlari jamoamiz g‘alabasida muhim rol o‘ynadi.
Ushbu ishonchli g‘alaba jamoamizning yuksak salohiyatga ega ekanini yana bir bor isbotlab, kelgusi bellashuvlarda ham katta zafarlar sari ishonch bilan odimlashiga mustahkam zamin yaratdi.
Mas’ul: Z.B. Fayziyev






