Ushbu o‘yinda jamoamiz Vepster universiteti qizlar jamoasiga qarshi maydonga tushdi va bellashuvni 1:3 hisobida raqib foydasiga yo‘qotdi.
O‘yinda Toshdavtu voleybolchilari har bir partiyada kuchli raqobat ko‘rsatib, maydondagi uyg‘unlik va tezkorlik bilan ajralib turdilar. Raqib jamoa esa o‘z tajribasi va taktikasini to‘liq namoyish etib, uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladi.
Hujum chizig‘ida faol harakat qilgan Ibragimova Madina o‘yindagi samarali zarbalari, kuchli hujumlari va taktika jihatidan puxta o‘yini bilan ajralib turdi va bugungi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Ta’kidlash joizki, oldingi o‘yinda Businboyeva Farangiz ushbu faxriy nomga sazovor bo‘lgan edi.
Toshdavtu jamoasi uchun yangi g‘alabalar va muvaffaqiyatlar sari intilishlar davom etsin!
Mas’ul: F.Z. Nurimova






