Bellashuv davomida tashabbus asosan Chirchiq davlat universiteti jamoasi qo‘lida bo‘ldi va ilk uchrashuv jamoamiz uchun omadsiz yakunlandi.
Shunga qaramay, yigitlarimiz maydonda oxirigacha kurash olib bordi, tezkor harakatlar va jamoaviy uyg‘unlikni namoyon etdi.
Shuningdek, jamoa a’zolari bog‘lovchi A’zamov Asror, diagonal Gedala Sravan hamda temp hujumchi Mirkomilov Ibrohim pozitsiyalarida namoyish etgan chiroyli taktika, kuchli va aniq zarbalari orqali raqib himoyasini bir necha bor qiyin ahvolga soldi. Bu holat jamoamizning katta salohiyatga ega ekanini ko‘rsatdi.
Ushbu uchrashuv yigitlarimiz uchun qimmatli tajriba bo‘lib, kelgusi bellashuvlarda yanada kuchli va puxta tayyorgarlik bilan maydonga tushishiga ishonch uyg‘otdi.
Mas’ul: Z.B.FAYZIYEV

