Navbatdagi bahslar tafsiloti:
Xalqaro fakultetning International jamoasi maydonda faol va ishonchli harakat qilib, Thrivers jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv davomida aniq zarbalar, puxta himoya va jamoaviy uyg‘unlik g‘alabaning asosiy omiliga aylandi.
Umumiy taassurot
Talabalar ligasi yoshlarda sportga bo‘lgan mehrni yanada oshirib, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirmoqda. Har bir bahs tribunadagi muxlislar uchun unutilmas lahzalarni taqdim etmoqda. Oldinda esa yanada keskin va murosasiz uchrashuvlar kutmoqda.
Mas’ul: Z.B. Fayziyev







