photo_2026-03-04_10-33-10
Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida o‘tkazilayotgan Talabalar ligasi voleybol uchrashuvlari tobora shiddatli tus olmoqda. Har bir o‘yin – bu nafaqat kuch va mahorat sinovi, balki jamoaviylik, strategiya va irodani namoyon etuvchi haqiqiy sport bayramidir.

Navbatdagi bahslar tafsiloti: Xalqaro fakultetning International jamoasi maydonda faol va ishonchli harakat qilib, Thrivers jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv davomida aniq zarbalar, puxta himoya va jamoaviy uyg‘unlik g‘alabaning asosiy omiliga aylandi. Umumiy taassurot Talabalar ligasi yoshlarda sportga bo‘lgan mehrni yanada oshirib, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirmoqda. Har bir bahs tribunadagi muxlislar uchun unutilmas lahzalarni taqdim […]

photo_2026-02-27_20-42-51
Talabalar ligasi doirasida futbol musobaqalari qizg‘in davom etmoqda!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi doirasida tashkil etilgan futbol musobaqalari 1-tur o’yinlari o’z nihoyasiga yetti. Navbatdagi tur uchrashuvlarida jamoalar o‘zaro maydonga tushib, quyidagi natijalar qayd etildi: Medicion jamoasi Indian boys ustidan ishonchli hisobda 3:0 g‘alabani qo‘lga kiritdi. Liverpool va Turon jamoalari o‘rtasidagi bellashuv esa haqiqiy dramatik ruhda kechdi. Keskin va murosasiz bahs yakunida Liverpool […]

photo_2026-02-28_10-14-40
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar ligasi doirasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqalari yuqori saviyada va kuchli raqobat ostida davom etmoqda.

Mazkur uchrashuvlar tezkorlik, aniqlik va jamoaviy hamjihatlikka boy bo‘lib, har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etdi. Qizg‘in pallalar, kuchli hujumlar va ishonchli himoya o‘yinga yanada katta shiddat bag‘ishladi. Navbatdagi bahslarda 1-son Davolash fakultetining “Nefrit”, 2-son Davolash fakultetining “Diamond”, Xalqaro fakultetning “International”, shuningdek Pediatriya fakultetining “Twix” va “Parvoz II” jamoalari o‘zaro bellashdi. Uchrashuvlar natijalari: […]