Ushbu o‘yinda jamoamiz Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qizlar jamoasiga qarshi maydonga tushdi va bellashuvni 3:2 hisobida o‘z foydamizga yakunladi.
O‘yinda ToshDavtu voleybolchilari har bir partiyada kuchli raqobat ko‘rsatib, maydondagi uyg‘unlik va tezkorlik bilan ajralib turdilar. Raqib jamoa esa o‘z tajribasi va taktikasini namoyish etishga harakat qildi, biroq jamoamizning jonkuyarligi g‘alabaga olib keldi.
Hujum chizig‘ida faol harakat qilgan Ma’murova Farangiz o‘yindagi samarali zarbalari, kuchli hujumlari va taktika jihatidan puxta o‘yini bilan ajralib turdi va bugungi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Ta’kidlash joizki, oldingi o‘yinda Ibragimova Madina ushbu faxriy nomga sazovor bo‘lgan edi.
ToshDavtu jamoasi uchun yangi g‘alaba va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.





