photo_2026-03-01_17-30-12
Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida tashkil etilayotgan “Students Cup” voleybol musobaqasi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti qizlar voleybol jamoasi navbatdagi muhim uchrashuvni o‘tkazdi.

Ushbu o‘yinda jamoamiz Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qizlar jamoasiga qarshi maydonga tushdi va bellashuvni 3:2 hisobida o‘z foydamizga yakunladi. O‘yinda ToshDavtu voleybolchilari har bir partiyada kuchli raqobat ko‘rsatib, maydondagi uyg‘unlik va tezkorlik bilan ajralib turdilar. Raqib jamoa esa o‘z tajribasi va taktikasini namoyish etishga harakat qildi, biroq jamoamizning jonkuyarligi g‘alabaga olib keldi. Hujum chizig‘ida faol […]