Oliy ta’lim tashkilotlari startap ekotizimini rivojlantirish dasturiga taklif etiladi

“AK Capital” hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida respublika oliy ta’lim tashkilotlari vakillari uchun BMT Taraqqiyot dasturining “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida “Universitet tadbirkorlik ekotizimlarini rivojlantirish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etilmoqda. (https://t.me/praktikAzizbek/262)

📍 Format: oflayn
🗓 O‘quv sessiyalari: 2026-yil 24–27-mart va 30-mart – 1-aprel (jami 7 ta sessiya)
💰 Ishtirok: bepul
🧩 Dastur mazmuni: vaqtning 50 foizdan ortiq qismi amaliy mashg‘ulotlar, guruh ishlari va tajriba almashishdan iborat.

Nega qatnashish kerak?

Ushbu dastur orqali ishtirokchilar universitetlarda startap ekotizimini shakllantirish, inkubatsiya jarayonlarini rivojlantirish hamda innovatsion loyihalarni investitsiyaga tayyorlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

🏁 Natija: dastur mashg‘ulotlarining kamida 75 foizida qatnashgan tinglovchilarga sertifikat taqdim etiladi.

👥 Kimlar qatnashishi mumkin?

Oliy ta’lim tashkilotlarida tadbirkorlik, innovatsiyalar va startap tashabbuslari yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlar.

⏳ Ariza topshirish muddati: 2026-yil 17-mart.
📌 Tanlov: konkurs asosida, joylar soni cheklangan.

👉 Ariza topshirish:
https://forms.gle/hFXyQnY45XQUa9cE6

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@reinvigorated

Leave a comment