🔺 Toshkent davlat tibbiyot universiteti “O‘zbek va xorijiy tillar, pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 13-sonli talaba qizlar yotoqxonasiga tashrif amalga oshirildi.
🔵Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishildi hamda ular bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Suhbat jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🔹 Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, talaba-yoshlar uchun foydali tavsiyalar berildi. 

