Hashar – elga yarashar!

🔺Yurtimizda “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hashari doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya kampusida ham hashar tadbiri tashkil etildi.
Hashar davomida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar faol ishtirok etib, kampus hududini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Hudud tozalanib, daraxtlar atrofi tartibga keltirildi, gulzorlar parvarish qilindi hamda atrof-muhit yanada obod va ko‘rkam holatga keltirildi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamoa o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, tabiatga e’tibor va mehrni oshirishga xizmat qilmoqda. Hashar jarayoni ko‘tarinki kayfiyatda, hamjihatlik ruhida o‘tdi.

🔺 Obod yurt – farovon hayot garovi!

Leave a comment