Toshkent davlat tibbiyot universitetida texnikum o‘qituvchisining stajirovkasi davom etmoqda

🔺Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan 1-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchisi universitetning “Anesteziologiya va reanimatologiya” hamda “1-son umumiy va bolalar xirurgiyasi” kafedralarida o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida stajirovka o‘tamoqda.

🔺Mazkur stajirovka doirasida texnikumning maxsus fan o‘qituvchisi Abdusaidova Soxiba Xasan qizi 2026-yil 2-martdan 19-martga qadar 15 kun davomida malaka oshirish jarayonida ishtirok etmoqda. Ushbu jarayon pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda zamonaviy tibbiy yondashuvlarni chuqur o‘zlashtirishga qaratilgan.

🔺Stajirovka davomida pedagog zamonaviy tibbiy ta’lim texnologiyalari, ilg‘or pedagogik usullar hamda klinik amaliyotga oid innovatsion yondashuvlar bilan yaqindan tanishib, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda. Bu esa uning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim jarayonida samarali metodlarni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

🔺Mazkur hamkorlik ta’lim muassasalari o‘rtasida uzviy aloqalarni mustahkamlash, texnikumlarda ta’lim sifatini yanada oshirish, pedagoglarning kasbiy malakasini rivojlantirish hamda zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a comment