💠Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Asosiy kampus Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti, Jamoat sog’lig’ini saqlash maktabi

✅»Milliy liboslar kuni»â€” milliy qadriyatlarimiz ifodasi

🇺🇿O’zbekiston Respublikasida har juma kuni  «Milliy liboslar kuni» munosabati bilan Asosiy kampus Jamoat sog’lig’ini saqlash maktabi o ‘qituvchilari va talaba-magistrlari milliy kiyimlarda

Talaba-yoshlar o‘rtasida milliy madaniyatimiz, urf-odatlarimiz va boy tarixiy merosimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirishda bunday tadbirlarning ahamiyati katta. Bu kabi tashabbuslar yosh avlodning milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalanishiga, o‘z xalqining madaniy merosi bilan faxrlanishiga hamda milliy o‘zligini chuqur anglashiga yordam beradi.

Milliy liboslarimizning o‘ziga xosligi, nafisligi va ko‘p asrlik tarixini keng targ‘ib etish, milliy kiyinish madaniyatini yoshlar o‘rtasida ommalashtirish hamda ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlarni asrab-avaylashda muhim o‘rin tutadi. Bunday tadbirlar yoshlarning milliy madaniyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularni o‘z an’ana va qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Adilova Zilolaxon Ulmasovna

Leave a comment