“Dekan va yoshlar” uchrashuvi – talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

💠Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani F.I.Salomova rahbarligida, universitet rektori Sh.A. Boymurodovning talabalarga murojaatnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida “Dekan va yoshlar” uchrashuvi – talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🔺 Toshkent davlat tibbiyot universiteti profilaktika katta inspektorlari kapitan Z.N. Mirzayev va I.B. Mamasaliev, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, «Tibbiy profilaktika ishi», «Kimyo» hamda «Ekologiya va atrof muhit muhofazasi» ta’lim yo‘nalishlarining 1-2-bosqich talabalari mazkur tadbirda ishtirok etdilar.

🔺Uchrashuv “Yoshlar — giyohvandlikka qarshi” shiori ostida o‘tkazilib, unda yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talabalarning huquqiy madaniyati va mas’uliyatini oshirish masalalari keng muhokama qilindi.
🔺Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan talabalarga giyohvandlikning inson salomatligi, jamiyat va kelajak avlod uchun salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlar hamda huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida ham ma’lumotlar yetkazildi.
🔺Uchrashuv davomida talabalar ta’lim, fakultet hayoti va kelajakdagi kasbiy imkoniyatlar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar tomonidan ularga atroflicha javoblar berildi.
🔺Mazkur uchrashuv yoshlarni turli zararli illatlardan yiroq bo‘lishga chaqirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalarning huquqiy ongini oshirishda va kelajakdagi kasbiy imkoniyatlar bilan bog‘liq masalalarni echishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a comment