🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-kampus, 1-stomatologiya fakultetida navbatdagi “Dekan va yoshlar” uchrashuvi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda fakultet dekani Murtazayev Saidmurodxon Saidaloyevich, dekan o‘rinbosari Ashurov Feruz Raxmatullayevich, yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Alixonov Sardorbek, 1-kurs tyutorlari, 3-kampus profilaktika inspektorlari Qurbonov Vahobiddin va Bozorov Shavkat, shuningdek, barcha 1-kurs talabalari ishtirok etdi.
🔺Uchrashuv fakultet dekani tomonidan Prezidentimiz hamda universitet rektori murojaatlarining mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazish bilan boshlandi. Shundan so‘ng, fakultetda 1-kurs talabalari uchun yaratilgan zamonaviy ta’lim sharoitlari, ilmiy va ma’naviy rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔹Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida dolzarb masalalardan biri bo‘lgan giyohvandlik, kiberjinoyatlar va ularning oldini olish bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalarga ushbu tahdidlarga qarshi kurashish, axborot xavfsizligiga rioya qilish hamda sog‘lom turmush tarzini olib borish zarurligi alohida ta’kidlandi.
🔺Shuningdek, uchrashuv erkin muloqot va savol-javob shaklida davom etib, talabalar tomonidan o‘quv jarayoni, ijarada va talabalar turar joyida yashash sharoitlari, darslarni samarali o‘zlashtirish hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish masalalari yuzasidan savollar berildi. Bildirilgan murojaatlar asosida mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berilib, zarur tavsiyalar taqdim etildi.
🔹Uchrashuv yakunida talabalarga har tomonlama ogoh bo‘lish, o‘quv jarayonida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, qonunchilikka rioya etish hamda o‘z bilim va salohiyatini oshirishga mas’uliyat bilan yondashish zarurligi yana bir bor eslatib o‘tildi.
🔺Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘rganish hamda sog‘lom, xavfsiz va samarali ta’lim muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

