🔺Joriy yilning 16 mart kuni ToshDavTU Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Yil boshi – Navro‘z” mavzusida tashkil etildi. Mazkur dars Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi professori N.Muhamadiyev, YoBIB dekan o‘rinbosari A.Xudayberdiyev tomonidan olib borildi.
🔺Mashg‘ulot davomida talabalarga Navro‘z bayramining qadimiy tarixiy ildizlari, uning Sharq xalqlari hayotidagi o‘rni hamda bugungi kunda milliy qadriyat sifatida tutgan ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔹Ta’kidlanganidek, Navro‘z nafaqat tabiatning uyg‘onishi va yangi yilning boshlanishini anglatadi, balki u insonlar qalbida yangilanish, mehr-oqibat, ezgulik va hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamlovchi muhim bayram hisoblanadi.
🔺Professor N.Muhamadiyev Navro‘z bayramining tarixiy shakllanish jarayoni, uning xalq og‘zaki ijodi, urf-odat va an’analarda aks etishi, turli xalqlar madaniyatida tutgan o‘rni hamda Navro‘zning ijtimoiy-ma’naviy mohiyati haqida ham fikr yuritdi.





