Toshkent davlat tibbiyot universitetida Navro‘z shukuhi!

💠Olmazor tumanidagi Yoshlar saroyida Navro‘z bayrami munosabati bilan ko‘tarinki ruhda tantanali bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

😀Ushbu Navro‘z saylida Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi tomonidan maydon bayramona bezatilib, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz yorqin namoyon etildi.Talaba yoshlar chiqishlari, kuy-qo‘shiqlar va raqslar barchaga bayram kayfiyatini ulashdi. Tadbir so’ngida faol ishtirok uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

🔸Tadbir davomida xalqimizning mehr-oqibati, birdamligi va Navro‘zga xos iliq muhit yanada yaqqol sezildi. Ushbu bayram barchaga unutilmas taassurotlar hadya etdi.

🌿Navro‘z muborak bo‘lsin! Yangi kunlar har bir xonadonga tinchlik, baraka va quvonch olib kelsin!

Leave a comment