#Talabalar minbari #Iqtidorli talabalar

💠Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash fakulteti 3-bosqich talabasi, akademik Aleksandr Nikolayev Ivanovich nomidagi stipendiya sohibasi Mamasoliyeva Mushtariybonu Azizbek qizi 2026-yil 4–6-mart kunlari Italiya davlaning Rim shahrida bo‘lib o‘tgan “Gynecological Endocrinology – The 40th Anniversary Congress” xalqaro anjumanda ishtirok etdi.

🔺Mazkur kongress International Society of Gynecological Endocrinology (ISGE) tomonidan tashkil etildi. Talaba FCR scholarship grantini qo‘lga kiritib, ushbu nufuzli anjumanda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

🔺Ushbu xalqaro kongress dunyoning ko‘plab davlatlaridan yetakchi olim va mutaxassislarni jamlab, tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Leave a comment