🔺Mazkur tadbir doirasida Toshkent stomatologiya va tibbiyot texnikumi o‘quvchilari universitetga tashrif buyurib, tibbiyot universitetida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
🔺Tashrif davomida o‘quvchilar universitetning zamonaviy simulyatsion markazi, tibbiyot muzeyi hamda ilg‘or axborot texnologiyalari bilan jihozlangan kutubxona faoliyatini ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, Yaponiyaning zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan xonalarda mutaxassislar nazorati ostida amaliy ko‘nikmalarni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🔺Muzeyda namoyish etilgan tarixiy hujjatlar, noyob eksponatlar va tibbiyotga oid qadimiy ashyolar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu tashrif tibbiyot sohasiga qiziquvchi yoshlar qalbida ilm-fanga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytirdi.
🔺Kelajakda shifokor bo‘lishni maqsad qilgan o‘quvchilarga universitetda yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim jarayoni va zamonaviy o‘quv muhiti haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔺Bunday ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni tibbiyot kasbiga yo‘naltirish, ularda sog‘liqni saqlash sohasiga nisbatan mehr va yuksak mas’uliyat hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔺Tashrifda ishtirok etgan o‘quvchilar uchun ushbu tadbir kelajakda tibbiyot sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.






