Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetida «Yoshga qarab bolalar ovqatlanishining dolzarb muammolari» respublika ilmiy-amaliy anjuman o’tkazilyapti.

🔺 2026-yil 26-mart kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetining Pediatriya kampusida «Yoshga qarab bolalar ovqatlanishining dolzarb muammolari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o’z ishini boshladi.

🔺 Ayni daqiqalarda anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxonova, Toshkent davlat tibbiyot universiteti o’quv ishlari bo‘yicha prorektori Kahramon Xaitov, shuningdek, respublika soha ekspertlari va yosh mutaxassislar ishtirok etmoqda.

🔺 Mazkur anjuman bolalar salomatligi muhofaza qilishda ilmiy hamkorlikni kengaytirish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda pediatriya yo’nalishidagi tibbiy yordam sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi

Leave a comment