Toshkent davlat tibbiyot universitetida ayni damda “Nutritsiologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

🔵 Ushbu tadbir Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasining 90 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirok etmoqda.

🔵 Hozirda anjuman doirasida zamonaviy ovqatlanish, sog‘liqni saqlash va ilmiy innovatsiyalar muhokama qilinmoqda.

🔵 Plenar yig‘ilishlar va seksion ma’ruzalar orqali dolzarb muammolar yechimlari taklif etilmoqda.

Leave a comment