Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan «Abu Ali Ibn Sino merosxo‘rlari» xalqaro talabalar fan olimpiadasi “Xitoy-O’zbekiston an’anaviy xitoy tibbiyoti markazi”da bo’lib o’tmoqda.

🔺Tadbirning tantanali ochilish marosimida Baymakov Sayfiddin Risboyevich — Toshkent davlat tibbiyot universiteti hududiy ta’lim muassasalari va texnikumlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, Xitoy Xalq Resbulikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Maslahatchisi Vang Jiwey, Xalimova Xolida Xakimbayevna O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligining Fan-ta’lim va innovatsiyalar boshqarmasi vakili, Usmanxojayeva Adibaxon Amirsaidovna ToshDavTU «Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya» kafedra mudiri va Han Rong «Xitoy-O’zbekiston an’anaviy xitoy tibbiyoti markazi»  bosh shifokori so‘zga chiqdilar.

🔺Mazkur nufuzli tadbir Toshkent davlat tibbiyot universiteti «Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya» kafedrasi tomonidan tashkil etilib “Xitoy-O’zbekiston an’anaviy xitoy tibbiyoti markazi”da o’tkazilmoqda. Unda Urgench davlat tibbiyot instituti, Toshkent davlat tibbiyot universiteti,  Andijon Davlat tibbiyot instituti, ToshDavTU Termez filiali va Buxoro davlat tibbiyot instituti oliy ta’lim muassasalari talabalari faol ishtirok etishmoqdalar.

 

Leave a comment