🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti Akusherlik va ginekologiya, bolalar ginekologiyasi bilan kafedrasi mudiri, professor B.B. Kurbanov hamda kafedra xodimlari — professor N.D. Muradova, dotsentlar N.J. Sulaymonova va S.I. Abduraxmonova Rim shahridagi (Italiya) bo‘lib o‘tgan International society of gynecological endocrinology 2026 (ISGE) xalqaro kongressida ishtirok etdilar.
🔵ISGE akusherlik, ginekologiya va reproduktiv tibbiyot sohasida dunyoning yetakchi xalqaro tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Joriy yilda mazkur kongressda 80 dan ortiq mamlakatlardan 2000 ga yaqin delegatlar qatnashdi.
🔺Professor B.B. Kurbanov kongress doirasida ikki marotaba ma’ruza bilan chiqish qildi hamda o‘smirlar ginekologiyasiga bag‘ishlangan sessiyaga moderatorlik qildi.
🔹Kongress yakunlariga ko‘ra, kafedra vakillari ISGE xalqaro tashkilotiga a’zolikka qabul qilindi.


