👨🏫 Unda Universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi xodimi Allamuratov Jamshid Yuldashevich institut tyutorlariga universitetda yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlar hamda ularni amaliyotga joriy etish orqali talabalar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
💡 Uchrashuv davomida:
🔹 Yoshlarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojini yangi bosqichga olib chiqish
🔹 Milliy madaniyatga hurmat va qiziqishni kuchaytirish
🔹 Iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash
🔹 Yoshlar bilan ishlash tizimida hamkorlikni kuchaytirish kabi muhim vazifalar belgilab olindi.
✅ Shuningdek, tajriba almashish, seminar-treninglar va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
✨ Bunday uchrashuvlar yoshlar siyosatida yangi yondashuvlarni joriy etish va talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.


