TALABALIK_BAHORI_2026
🟥 2026-yil 30-mart sanasida Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Talabalik bahori – 2026” festivali ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Unda F.M.TB.BTM va OHI fakulteti talabalari ham faol ishtirok etdilar.
🟢Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, talabalikning oltin davrini chuqur his etish, yoshlar o‘rtasida do‘stona muhit va birdamlikni mustahkamlash hamda yangi iqtidorlarni kashf etishdan iborat bo‘ldi.
🟥 Fakultet talaba-yoshlari tomonidan sahnalashtirilgan folklor chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Milliy an’analarimizni o‘zida mujassam etgan ushbu chiqishlar yuqori saviyada ijro etilib, tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
💠 Tadbirda ishtirok etgan barcha talabalarga kelgusida yanada ulkan yutuqlar va zafarlar tilab qolamiz!





