Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzurida tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun sayyor dars o‘tkazildi

🔸Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzurida tashkil etilgan texnikum o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bazasida sayyor dars yuqori saviyada tashkil etildi.

🔹Mazkur sayyor darsdan asosiy maqsad — tinglovchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan tanishtirish hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

🔺Dars jarayonida tinglovchilarga zamonaviy ta’lim texnologiyalari, interfaol metodlar, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish usullari hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlar orqali pedagoglar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🔺Shuningdek, tinglovchilar texnikum faoliyati, uning moddiy-texnik bazasi, zamonaviy o‘quv infratuzilmasi hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdilar. Bu esa ularga ilg‘or tajribalarni o‘rganish va o‘z faoliyatlarida qo‘llash uchun muhim zamin yaratdi.

🔺Mazkur sayyor dars tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiluvchi muhim amaliy bosqich bo‘lib xizmat qildi.

Leave a comment