🔸 30-mart kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufidagi Akademik litsey 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Ibn Sino izdoshlari” fan olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔺Ochilish marosimi universitetning Stomatologiya kampusida yuqori saviyada tashkil etilib, unda Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish bo‘limi vakillari hamda olimpiada o‘tkazilayotgan fanlar uchun mas’ul kafedra mudirlari ishtirok etdilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, unda olimpiada ishtirokchilariga omadlar tilandi.
🔺Mazkur olimpiada doirasida litsey o‘quvchilari o‘rtasida ingliz tili, biologiya va kimyo fanlaridan birinchi bosqich test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
🔺Test bosqichidan yuqori ballarni to’plagan o’quvchilar keyingi bosqichlarda bilimlarini sinovdan o’tkazish uchun bellashishga yo’llanmalar berildi.
🔺Ushbu olimpiada akademik litsey o’quvchilarga keng imkoniyatlar yaratib, bilim va tajriba almashish, rivojlantirish hamda yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.




