Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi xodimlari Navro‘z bayrami munosabati bilan bolalar o‘pka tuberkulyozi bo‘limida bayram tadbirini o‘tkazishdi.

🔺Toshkent davlat tibbiyot universitetining Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi xodimlari tomonidan RIF va PIATMning bolalar o‘pka sili bo‘limida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy hamda xayriya tadbiri tashkil etildi.

🔺Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — davolanish jarayonida bo‘lgan bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashish, ularning ruhiy holatini ko‘tarish hamda mehr va e’tibor muhitini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

🔹Tadbirda universitetning Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi xodimlari ham faol ishtirok etib, bolalar uchun tayyorlangan hadyalar va ehson sovg‘alari bilan ularni quvontirishdi.

🔺Bayram doirasida bolalar uchun turli madaniy chiqishlar, qiziqarli dasturlar va samimiy muloqotlar tashkil etildi. Bu esa ularning kayfiyatini ko‘tarish, davolanish jarayonini yengilroq qabul qilishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

🔹Shu kabi ezgu tashabbuslar bolalar qalbiga quvonch ulashish bilan birga, jamiyatda mehr-oqibat, bag‘rikenglik va insonparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Leave a comment