🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti hududida “Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yashil bogʻi” tashkil etildi. Mazkur tashabbus ekologik muhitni yaxshilash, hududni obodonlashtirish hamda talaba-yoshlar orasida tabiatga e’tibor va mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qiladi.
🔺Tadbir doirasida har ikki oliy ta’lim muassasasi rahbariyati, professor-oʻqituvchilar ishtirokida koʻchat ekish ishlari amalga oshirildi. Yangi tashkil etilgan yashil hududda turli xil manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekilib, kelgusida uni yanada rivojlantirish, parvarishlash hamda kengaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
🔺Mazkur loyiha ikki muassasa oʻrtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bilan birga, ekologik barqarorlikni ta’minlash va sogʻlom muhit yaratish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etildi.





